O'zbekiston

“Biznesni rivojlantirish banki” xodimlari Vengriya tajribasi bilan tanishdi

Bank kelgusida Vengriya kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashni rejalashtirmoqda.

“Biznesni rivojlantirish banki” xodimlari Vengriya tajribasi bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil14 sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha xorijiy davlatlarning tajribalarini o‘rganish va ilg‘or amaliyotlarni  joriy etish vazifasi belgilangan.

 

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB ana shu maqsadda faol xalqaro hamkorlikni olib bormoqda. Bankka  Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, KPMG xalqaro ekspertlari jalb qilingan. Kichik biznesni moliyalashtirish hamda ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish, xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha Rossiya Sberbanki va Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish federal korporatsiyasi va “MSP Bank” bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

 

Kuni kecha “Biznesni rivojlantirish banki”ning bir guruh  boshqaruv  xodimlari Vengriya Respublikasining kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasidagi tajribasi bilan tanishib qaytdilar.

 

 

Xususan, bank vakillari Vengriya moliya bozori yetakchisi OTP bank ofislarida bo‘lib, ularda tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari va taklif qilinayotgan xizmatlar bilan tanishdilar.

 

Shuningdek, Vengriya Savdo-sanoat palatasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muloqotda Palataning kichik biznes vakillariga ko‘maklashishdagi ishtiroki, tadbirkorlarni moliyaviy  qo‘llab-quvvatlash  borasida tatbiq etilayotgan loyihalar haqida axborot berildi.

 

Bundan tashqari, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish  yo‘nalishida faoliyat yuritadigan "Kavos" kompaniyasi faoliyati  bilan ham tanishildi.

 

 

Safar davomida bank tizimini takomillashtirishga ixtisoslashgan kompaniyalar va  biznesga xizmat ko‘rsatishni raqamlashtirishga doir IT loyihalar va soft dasturlarning  taqdimotlari ham bo‘lib o‘tdi.

 

Bank vakillari NCR  brendi ostida bankomatlar yetkazib beruvchi "Ennoconn Hungary" kompaniyasidagi ishlab chiqarish jarayonlariga ham guvoh bo‘ldilar.

 

 

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB  mazkur safar davomidagi  muhokamalar va dastlabki  kelishuvlar  asosida kelgusida  Vengriya  kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashni  rejalashtirmoqda.

 

custom img

Surxondaryoda yer oldi-sotdisi ortidan mojaro: 32 yoshli erkakni kaltaklab o‘ldirgan besh kishi qamaldi

Ularga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Namangan bog‘chasidagi jinsiy zo‘ravonlik: jinoyat ishi prokuraturaga o‘tkazildi

Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

custom img

Bog‘chadagi jinsiy zo‘ravonlik holati: Bolalar ombudsmani vazirlikka taqdimnoma kiritdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan bog‘chalarda bolalar xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish talab qilindi.

custom img

Samimiy murojaat: Muhammedaliga Prezident maktub va sovg‘a

Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida Muhammedali ismli bolaning Prezidentga samimiy murojaati va Vatanga bo‘lgan mehri aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi.

custom img

Farg‘onada MIB orqali fermerdan 99 mln undirildi

Maʼlum bo‘lishicha, fermer xo‘jaligining 25 ta ijro hujjati bo‘yicha soliq qarzi mavjud bo‘lgan.

custom img

Qoraqalpog‘istondagi reydda 523 ta avtomashina jarima maydoniga joylashtirildi

Maʼlum bo‘lishicha, ularning 2,6 mlrd so‘mlik jarimalari mavjud.

custom img

Jizzaxda kredit qarzi sabab noturar bino xatlandi

Endilikda keyingi ijro harakatlari qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

custom img

56 ta yangi vagon: Toshkent metrosida vagonlarning qariyb 70 foizi yangilandi

Yangi avlod zamonaviy harakat tarkiblari metropolitenning 4 ta yo‘nalishida harakatlanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"