Qashqadaryolik erkak rashk sabab xotinini pichoqlab qo‘ydi
Hozirda u qamalgan.

Mavjud maʼlumotlarga ko‘ra, Qashqadaryoda erkak xotini bilan o‘zaro rashk tufaĭli kelib chiqqan kelishmovchilik sababli ayoli D.I.ning boshi va turli joylariga urib, qo‘lidagi oshxona pichog‘ini chap oyoq soniga sangan.
Sudlanuvchi qasddan pichoq bilan turmush o‘rtog‘iga tan jarohat yetkazish niyati bo‘lmaganligi, qilmish harakatlaridan chin ko‘ngildan pushaymonligini, oilaviy ahvolini inobatga olib yengillik berish haqida bayon qilgan.
Sudlanuvchi U.L.ga 4 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilandi. Jazoni o‘tash muddati 2024 yil 27 martdan boshlab hisoblangan.







