Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Mamlakatda yangi firibgarlik holatlari uchramoqda.

Turkiyadagi O‘zbekiston konsulxonasi firibgarlikning yangi turidan ogohlantirmoqda.
Taʼkidlanishicha, quyidagi firibgarlik turlari keng tarqalmoqda:
- onlayn buyurtmani bekor qilgandan keyin o‘zini advokat deb sud, kargo xarajatlarini undirishga urinish;
- telefonda o‘zini politsiya yoki maxsus kuchlar xodimi sifatida tanishtirib, hisobingizdan jinoiy guruhlarga pul o‘tkazilganini aytib, asl jinoyatchini ushlash uchun boshqa hisobga pul o‘tkazishni so‘rash.
Fuqarolardan onlayn buyurtmani belgilangan tartibda bekor qilish, telefonda o‘zini politsiyachi deb tanishtirgan shaxslarga maʼlumot bermaslik tavsiya qilinadi.







