Xorazmda ayol uyiga kelgan mehmonni o‘ldirib qo‘ydi
Shundan so‘ng uni hovlisiga ko‘mib yuborgan.

Xorazmda 38 yoshli ayol uyiga chaqirgan tanishi bilan janjallashib, uni o‘ldirdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 17 aprel kuni Urganch shahrining “Hamjihatlik” mahallasida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan ayol o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 1975 yilda tug‘ilgan ayolni qo‘ng‘iroq orqali uyiga taklif qilgan. Mehmondorchilik davomida ular o‘rtasida pul oldi-berdisi bo‘yicha nizo kelib chiqqan. Oqibatda, mezbon ayol mehmonni ro‘mol bilan bo‘ynidan bo‘g‘ib o‘ldirgan, marhumaning murdasini esa uyining hovlisiga chuqur kavlab, ko‘mib yuborgan.
Hozirda gumonlanuvchi qo‘lga olingan hamda hodisa yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.







