Britaniya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keldi
U Baxtiyor Saidov bilan muzokara o‘tkazmoqda.

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Toshkentga keldi.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida martabali mehmonning tashqi siyosat idorasi rahbari Baxtiyor Saidov bilan muzokarasi boshlandi.
Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik, taʼlim, iqlim o‘zgarishi, ikki tomonlama savdo hamda biznes aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etilmoqda.







