Buxoroda Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari davlatga 1 mlrd zarar yetkazdi
Hozirda bu bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida polietilen quvurlarni qimmat narxlarda xarid qilish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, G‘ijduvon tumani Obodonlashtirish boshqarmasi masʼul shaxslari “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun talablariga zid ravishda “B.K.” MCHJdan 5,7 mlrd so‘mlik polietilen quvurlarni haqiqiy bahosidan qimmat narxlarda xarid qilib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1 mlrd so‘m miqdorida zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







