Jarimalar bo‘yicha yangi tartib joriy qilinmoqda
Endi yo‘l harakati qoidalari buzilgani haqida xabar 2 kun ichida kelmasa, u bekor bo‘ladi.

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid maʼlumotlar 48 soat ichida kelmasa, bekor bo‘lishi to‘g‘risidagi tartib kiritilmoqda.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishdagi qonun loyihasi muhokamasida maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan hollarda transport vositasining mulkdori to‘g‘risida maʼlumot mavjud bo‘lmasa, shuningdek maʼlumotlar jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan bo‘lsa ishni ko‘rib chiqish tugatish belgilanmoqda.







