Surxondaryoda Damas odamlari bilan jarga quladi
Holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi.

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida Damas jarga qulashi oqibatida 6 kishi vafot etdi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, 21 aprel kuni Boysun tumanining Padang qishlog‘ida toqqa dam olishga ketayotgan, ichida 9 kishi bo‘lgan Damas mashinasi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida jarlikka qulab ketgan.
YTH oqibatida 6 kishi – 3 ayol va ularning bittadan farzandi voqea joyida vafot etgan. Halok bo‘lgan bolalarning bittasi 14 yoshli yigit, ikkitasi esa 8 va 9 yoshli qizlar. Shuningdek, 1981 va 1985 yillarda tug‘ilgan ikki ayol hamda 1974 yilda tug‘ilgan erkak og‘ir jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.







