Iqtisodiyot

Tadbirkorlar Yaponiya tajribasi asosida bepul oʻqitiladi

“Biznesni rivojlantirish banki” va Yaponiyaning "Yamagata" universiteti respublikamizdagi 10 ming nafar tadbirkorni Yaponiya tajribasi asosida oʻqitishni maqsad qilgan.

Tadbirkorlar Yaponiya tajribasi asosida  bepul oʻqitiladi

Joriy yilning 12-18-aprel kunlari Yaponiyaning Yamagata Universiteti delegatsiyasi hamda “Kichik biznesni rivojlantirish jamg’armasi” xodimlari Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm hamda Buxoro viloyatlarida bo‘lib, mahalliy tadbirkorlar ishtirokida bir qator o‘quv seminarlari o‘tkazishdi. Shuningdek, “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi ishtirokchisi bo‘lgan, o‘quv kurslarini tugatib, maxsus sertifikat asosida imtiyozli bank xizmatlaridan foydalanayotgan tadbirkorlar faoliyati bilan bevosita korxonalarning o‘zida tanishuvlar tashkil etildi. Tadbirkorlik faoliyatini ko‘zdan kechirgan yapon olimlari biznesni to‘g‘ri tashkil etish va rivojlantirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdilar.

 

Axborot va Ommaviy Kommunikatsiyalar Agentligida ushbu tashrif yakunlariga bag‘ishlab, “Biznesni rivojlantirish banki” va Yaponiyaning Yamagata universiteti o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari hamda kutilayotgan natijalar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

 

Unda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi a’zolari, “Kichik biznesni rivojlantirish jamg’armasi” AJ mas’ul xodimlari, Yamagata universiteti delegatsiyasi a’zolari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

 

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil  14-sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturini samarali amalga oshirish va uni doimiy ravishda takomillashtirib borish boʻyicha asosiy tayanch bank sifatida belgilangan.

 

Dasturga asosan tashabbuskorlarning biznes koʻnikmalarini shakllantirish yoʻnalishidagi qisqa va oʻrta muddatli amaliy oʻquv kurslari  bank qoshidagi “Kichik biznesni rivojlantirish jamg’armasi” tomonidan hududlarda tashkil etilgan 14 ta “Kichik biznesga koʻmaklashish markazlari”da olib borilmoqda.

 

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tadbirkorlarni oʻqitish jarayoniga “Yaponiya tajribasi”ni tatbiq etish va bu borada Yaponiyaning yetakchi taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

 

Joriy yilning 7-mart kuni Tokio shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Yaponiya biznes forumi davomida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi  Saxi Annaklichev va Yamagata universiteti prezidenti Xeditoshi Tamate tomonidan imzolangan shartnoma ham aynan shu ezgu maqsadga qaratilgan. Oʻzaro kelishuvga muvofiq, respublikamizdagi 10 ming nafar tadbirkor Yaponiya tajribasi asosida oʻqitilishi va mentorlar tayyorlanishi maqsad qilingan. Kurslar demaind asosida may oyi oxiridan boshlanadi. Kurslarda o‘qish tadbirkorlar uchun bepul va 100% yapon mutaxassislari tomonidan o‘zbek tilida amalga oshiriladi. https://biznes-portal.uz/ platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish u mumkin.

 

Yaponiyaning nufuzli universiteti bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan oʻquv kurslarida tadbirkorlar biznes koʻnikmalarini rivojlantirish, biznes-rejani ishlab chiqish, loyihalarni moliyalashtirish manbalarini topish kabi yoʻnalishlarda oʻqitiladi.

 

Shuningdek, yaponiyalik mutaxassislar koʻmagida mahalliy kadrlar orasidan mentorlar tayyorlanadi. Kelgusida “Kichik biznesni rivojlantirish jamg’armasi” tomonidan tadbirkorlarni oʻqitish ishlari mentorlar yordamida tashkil etilishi rejalanmoqda.

 

Matbuot anjumanida mazkur muhim vazifa ijrosiga kirishishda dastlab Universitet vakillari qator hududlarda bo‘lib, tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qiligani va ilk tashrif yakunlari bo‘yicha ham ma’lumot berildi.

 

Qayd etildiki, Tashrif doirasida shu kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm hamda Buxoro viloyatlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Xususan, mazkur shaharlardagi Kichik biznesga ko‘maklashish markazlarida mahalliy tadbirkorlar uchun o‘quv seminarlari tashkil etilib, tadbrikorlar biznesni boshqarishning yapon metodi bilan tanishtirildi. Mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirishga doir muhim va foydali tavsiyalar berildi.

 

Eng asosiysi, boshlanadigan asosiy mashg‘ulotlar yanada samarali bo‘lishiga tayyorgarlikning muhim jiyatlari bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

 

Bu haqda “Yamagata” universiteti professori Tadashi Onodera o‘z ma’ruzasida jurnalistlarga batafsil ma’lumot berdi.

 

Qayd etish joizki, tadbirkorlikka o‘qitish dasturining Lean Management metodikasi ilk bor Yamagata Universiteti tomonidan O‘zbekistonga olib kirmoqda.

Maʼlumot uchun: 1949-yilda tashkil etilgan Yamagata universiteti Yaponiyaning milliy universiteti boʻlib, jahondagi eng yaxshi 600 universitetlar qatoriga kiradi. Yamagata universiteti 18 mamlakatdagi 48 ta universitet va institutlar bilan hamkorlik qiladi. U yerda faoliyat yuritadigan professor olimlar AQShning “Silikon vodiysi”dagi nufuzli kompaniyalar, “Lenovo”, “Mitsui” kabi korporatsiyalarning boshqaruvi a’zolari hisoblanishadi.

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Tadbirkorlar Yaponiya tajribasi asosida bepul oʻqitiladi | Zamon.uz