O'zbekiston

Xorazmda Lazgi festivali doirasida o‘zbek filmlari namoyish qilinadi

Festival sanoqli kunlardan so‘ng boshlanadi.

Xorazmda Lazgi festivali doirasida o‘zbek filmlari namoyish qilinadi

Joriy yilning 25-30 aprel kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahrida “Lazgi” II xalqaro raqs festivali bo‘lib o‘tadi.

 

Festival doirasida Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida yaratilgan o‘zbek kinolari namoyish etiladi. Xususan, “Inson kinostudiyasi” tomonidan suratga olingan "O‘zbek raqsi sehri” hamda «O‘zbekfilm» kinokonserni tomonidan yaratilgan “Raqs jozibasi” (“Charuyushiy мир танца”) filmlarini tomoshabinlar eʼtiboriga havola etish rejalashtirilgan.

 

Rejissyor Akbar Bekturdiyevning “O‘zbek raqsi sehri” filmida yaponiyalik qizning O‘zbekistonga kelib o‘zbek raqsi sanʼatini o‘rganishi va uning mohir ustasiga aylanib, konsert dasturlari bilan xorijiy davlatlarda tarannum qilayotgani aks ettiriladi.

 

Rustam Mirdadayev rejissyorligida suratga olingan “Raqs jozibasi” filmida esa, o‘zbek raqs sanʼati, uning maktablari haqida hikoya qilinadi. Xususan filmda Farg‘ona, Xorazm, Buxoro va Qoraqalpog‘iston milliy raqsi yoritib berilgan.

 

Maʼlumon uchun, YUNESKO shafeligida o‘tkazilayotgan “Lazgi” II xalqaro raqs festivalida turli davlatlardan yurtimizga tashrif buyurgan raqs guruhlari ishtirok etadi. Misr, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston madaniyat vaziri hamda AYSESKO bosh direktori festivalda Faxriy mehmon sifatida ishtirok etishi kutilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Xorazmda Lazgi festivali doirasida o‘zbek filmlari namoyish qilinadi | Zamon.uz