O'zbekiston

Atlas kiygan ayollarni haqoratlagan erkak qamaldi

U milliy liboslar targ‘ibot tadbirida qatnashgan ayollarga qarata obro‘sizlantiruvchi so‘zlar aytgandi.

Atlas kiygan ayollarni haqoratlagan erkak qamaldi

Joriy yilning aprel oyida «Zamonaviy ayollar» klubi tomonidan «Atlas Party» nomli milliy liboslar targ‘ibot tadbiri o‘tkazilgan va tadbirdan lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan.

 

Ushbu lavhalarga nisbatan nomaʼlum erkakning mazkur targ‘ibot tadbirida ishtirok etgan ayollarni obro‘sizlantiruvchi haqoratli so‘zlari aks etgan videorolik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bo‘lib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

 

Shu sababli, mazkur holat yuzasidan «Atlas Party» tadbirining bir qator ishtirokchilari ichki ishlar idoralariga ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun ariza bilan murojaat qilishdi.

 

Olib borilgan tezkor-surishtiruv tadbirlar natijasida mazkur shaxs 1988 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaro M.D. ekanligi aniqlandi.

 

2024 yilning 23 aprel kuni fuqaro M.D. Shayxontohur tumani IIO FMBga taklif etildi hamda u o‘zining shaxsiy diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda atlas targ‘ibotini olib borgan ayollarga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatganligi taʼkidlab o‘tdi.

 

Ushbu huquqbuzarlik holati tegishli tartibda Shayxontohur tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi («Mayda bezorilik») asosida M.D. ga nisbatan 15 sutka muddatga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Atlas kiygan ayollarni haqoratlagan erkak qamaldi | Zamon.uz