Britaniyalik erkak noldan boy bo‘lishga urinib, sharmanda bo‘ldi
U buning uchun hamma narsasidan voz kechgandi.

Aslida millioner bo‘lgan britaniyalik Mayk Blek bu darajaga istalgan odam chiqa olishi mumkinlgini isbotlash maqsadida YouTube platformasida sotsial ekspriment boshlagandi. U o‘z uyidan, mashina va barcha boyliklaridan voz kechib bir tiyinsiz bir yil davomida 1 mln dollar ishlab topishni maqsad qilgandi.
Ammo 10 oy davomida u sog‘lig‘ini yo‘qotib, chuqur depressiyaga tushgan holda bu muddatda jami 64 ming dollar ishlab topdi. Shundan so‘ng u loyiha muvaffaqiyatsizlikka uchraganini, u istalgan odam bir yilda 1 million dollar ishlab topishining imkoni yo‘qligini tan olib, loyihani to‘xtatishga majbur bo‘lganini maʼlum qildi.
Uning davolanishiga ishlab topganidan ko‘proq mablag‘ ketishi aytilmoqda.







