Ko‘cha o‘rtasida qo‘shiq kuylagan Husan qamaldi
U IIO xodimlarining qonuniy talabini ham bajarmagan.

Kecha ijtimoiy tarmoqda Toshkentda yo‘lning qatnov qismida bir nechta yigitlar avtomobillarni tashish uchun mo‘ljallangan yuk mashinani yo‘lga qo‘yib, qo‘shiq kuylayotgani aks etgan video tarqalgandi.
Aniqlanishicha, 22 aprel kuni 38 yoshli Husan va uning sozandalari Chilonzor tumanida avtomobil yo‘lining qatnov qismida sunʼiy tirbandlik yuzaga keltirib, jamoat tartibini qasddan buzishgan, shuningdek, ular IIO xodimlarining qonuniy talablarni bajarmay IIBga borishdan bosh tortgan.
Sud qarori bilan yigitlarning har biriga 340 ming so‘m miqdorida jarima va uzil-kesil 3 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.







