O'zbekiston

Qidiruvdagi qarzdor ota boshqa xotinining yotoqxonasidan topildi

Unga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Qidiruvdagi qarzdor ota boshqa xotinining yotoqxonasidan topildi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudining 2011 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor erkak undiruvchi sobiq ayoli foydasiga voyaga yetmagan 1 nafar farzandi uchun aliment undirishi belgilagan edi.

 

Er aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lashi to‘g‘risida ogohlantirilgan, ammo to‘lamasdan kelgan.

 

Shundan so‘ng, davlat ijrochisi qarzdorning uyiga bir necha marotaba borgan. Uni topish imkoni bo‘lmaganligi sababli, unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan. Boshqarma Qidiruv sho‘basi xodimlari 18 aprel kuni qarzdorning ijro hujjatida ko‘rsatilgan manziliga borgan.

 

Qarzdorning uyidagi barcha joylar ko‘zdan kechirildi, tadbir jarayonida, nikohidagi ayolining uyidaligi aniqlanib, xonadon kirilganda, uning yotoqxonada mast holatda ekanligi maʼlum bo‘lgan.

 

Shu kunning o‘zida qarzdor mavjud 33 million 405 ming so‘m aliment qarzdorligini to‘lamaganligi sababli, Jinoyat ishlari bo‘yicha Furqat tuman sudi tomonidan erga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qidiruvdagi qarzdor ota boshqa xotinining yotoqxonasidan topildi | Zamon.uz