Samarqandda direktor o‘quvchiga tazyiq o‘tkazib kelgani aniqlandi
Holat yuzasidan Ombudsman munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Payariq tumanida maktab o‘quvchisiga jismoniy tazyiq o‘tkazib kelinayotganligi to‘g‘risida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, 2009 yilda tug‘ilgan 7-sinf o‘quvchisi U. A. da qo‘lining ko‘karish holati borligi haqida uning sinfdoshlari shu yilning 19 aprel kuni xabar topib, ushbu maktabning ingliz tili o‘qituvchisi Sh. Sh. ga aytishgan, lekin o‘qituvchi bolaga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik yuzasidan tegishli ravishda xabar bermagan va bu borada chora ko‘rmagan.
Hozirda Payariq tumani IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur vaziyat kompleks ravishda tuman prokuraturasi, maktab inspektor-psixologi va tumanning “Inson” ijtimoiy himoya markazi xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda.
Bu borada qo‘shimcha maʼlumot berilishi aytilgan.







