O'zbekiston

Toshkentda qalbaki dollar muomoasiga chek qo‘yildi

Tezkor tadbirda 71 ming AQSH dollari miqdorida soxta pul aniqlangan.

Toshkentda qalbaki dollar muomoasiga chek qo‘yildi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qalbaki 71 200 AQSH dollarining muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD va shahar IIBB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent shahrida yashovchi, 1994 va 2002 yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs har bir qalbaki AQSH dollarini 7500 so‘mdan hisoblab, xaridorga qalbaki 18.800 AQSH dollarini 141 mln. so‘mga sotgan vaqtlarida ushlandi.

 

Shuningdek, ulardan qo‘shimcha qalbaki 9.500 AQSH dollari ham ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Ohangaron tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida yashovchi, 1997 y.t., muqaddam odam savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlanib, hozirda probatsiya nazoratida bo‘lgan shaxs qalbaki 20 ming AQSH dollarini haqiqiy 14 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, xaridorga qalbaki 12.000 AQSH dollarini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Shuningdek, uning yashash xonadonidan ham qalbaki 400 AQSH dollari tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Tezkor tadbir davomida, voqea joyiga birga kelgan uning sherigi – Oltiariq tumanida yashovchi, 2000 y.t., muqaddam sudlangan fuqaro boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina ko‘zdan kechirilganda, uning salonida ham qalbaki 10.500 AQSH dollari borligi maʼlum bo‘ldi. Tezkor tadbir natijasida jami qalbaki 22.900 AQSH dollari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda Toshkent tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon viloyatida yashovchi, 1980 va 1999 yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs har bir qalbaki 100 AQSH dollarini haqiqiy 40 AQSH dollaridan hisoblab, xaridorga qalbaki 20.000 AQSH dollarini haqiqiy 8 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkentda qalbaki dollar muomoasiga chek qo‘yildi | Zamon.uz