“Afrosiyob” poyezdiga chiptalar narxlari oshiriladi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yangi narxlarni eʼlon qildi.

15-maydan “Afrosiyob”ga chiptalar narxlari oshmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, temir yo‘l infratuzilmasini isloh qilish, elektr-energiya, yoqilg‘i, logistika va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish maqsadida “Afrosiyob” elektropoyezdlarining chiptalar narxlari ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foizga oshiriladi.
Endilikda chiptalar narxlari quyidagicha bo‘ladi:
Toshkent — Buxoro
- VIP 890 000 so‘m
- Biznes 600 000 so‘m
- Ekonom 403 000 so‘m
Toshkent — Qarshi
- VIP 747 000 so‘m
- Biznes 507 000 so‘m
- Ekonom 338 000 so‘m
Toshkent — Samarqand
- VIP 554 000 so‘m
- Biznes 358 000 so‘m
- Ekonom 244 000 so‘m







