Iqtisodiyot

"Biznesni rivojlantirish banki" moliyaviy mahsulotlarni raqamlashtirishda Sberbank tajribasi qo‘llanilmoqda

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Sberbank faoliyatining ilg‘or xalqaro tajribasini o‘rganish va yangi mahsulotlarining turlarini joriy etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

"Biznesni rivojlantirish banki" moliyaviy mahsulotlarni raqamlashtirishda Sberbank tajribasi qo‘llanilmoqda

Xususan, bank tomonidan kichik biznesni moliyalashtirish va ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish bo‘yicha Rossiya Sberbanki tajribasi o‘rganildi hamda hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

 

Hamkorlik doirasida Sberbankning “dasreda.ru” platformasi misolida tadbirkorlar uchun platforma ishlab chiqilmoqda.

 

Platforma tadbirkorlarga masofadan davlat ro‘yxatidan o‘tish, hisob raqam ochish, Internet do‘kon orqali biznesni raqamlashtirish uchun dasturlarni sotib olish, onlayn o‘quv kurslari, mahsulot va xizmatlar sotishda hamkorlarni aniqlash, yosh tadbikorlar va innovatsion g‘oyalar uchun investorlarni topish kabi imkoniyatlarni beradi.

 

 

Bankda professional va kreativ fikrlovchi mutaxassislar tayyorlash maqsadida Sber universitet bilan doimiy hamkorlik o‘rnatilgan.

 

"Biznesni rivojlantirish banki"ni transformatsiya qilish dasturini amalga oshirishda Sberbankning “SberGile” jamoasi bilan amaliy ishlar olib borilmoqda. Buning uchun bankni Agile-transformatsiya qilish kompleks rejasi ishlab chiqildi.

 

 

Agile-transformatsiya doirasida bankda samarali va moslashuvchan agile jamoalarini tashkil etish, korporativ madaniyatni hamda mahsulot va xizmatlarini yaratishda yondashuvni o‘zgartirish ishlari olib borilmoqda.

 

Transformatsiya doirasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar mijozlar uchun eng maqbul mahsulotlarni yaratish ishlarining tezkorligini va samaradorligini taʼminlaydi.

 

 

Sberbankning o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga mo‘ljallangan platformasi misolida "Mening biznesim" elektron platformasi joriy etildi.

 

Ushbu platforma aholiga o‘zini o‘zi band qiluvchi sifatida masofadan ro‘yxatdan o‘tish, kasb-hunarga o‘qish, biznesini yo‘lga qo‘yish uchun kredit olish, mahsulotini sotish va xizmat ko‘rsatish uchun buyurtmachilarni topish ishlarini osonlashtiradi.

 

 

Sberbankning Sber TECH kompaniyasi misolida bankning “BRB-TECH” IT-kompaniyasi tashkil etildi. Kompaniyaning asosiy faoliyati "Biznesni rivojlantirish banki" IT-texnologiyalarini hamda IT-ekotizimini yaratishga qaratilgan.

 

Bank axborot xizmati

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

"Biznesni rivojlantirish banki" moliyaviy mahsulotlarni raqamlashtirishda Sberbank tajribasi qo‘llanilmoqda | Zamon.uz