O'zbekiston

Endi har shanba “Milliy kino kuni” bo‘ladi

Bu bo‘yicha Renessans kino uyida anjuman o‘tkazildi.

Endi har shanba “Milliy kino kuni” bo‘ladi

Bugun Renessans kino uyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan "Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz" shiori ostida Respublikadagi telekanallarda haftaning bir kunini "Milliy kino kuni" sifatida belgilash hamda milliy filmlar namoyishini yo‘lga qo‘yish maqsadida anjuman bo‘lib o‘tdi.

 

Unda Kinematografiya agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, O‘zbekiston Milliy media birlashmasi hamda nodavlat telekanallar rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etdi.

 

Anjuman davomida Prezidentning “Kino sanʼati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni asosida milliy manfaatlarni himoya qilish, milliy madaniyat va qadriyatlarni asrash, kelgusi avlodlarga bus-butun yetkazish, yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida davlat buyurtmasiga asosan yaratilgan milliy filmlar namoyishini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

Unga ko‘ra, haftaning har shanba kuni "Milliy kino kuni" etib belgilandi. Bu kunda davlat va nodavlat telekanallarda faqat milliy filmlar namoyish qilinadi.

 

— Bu aksiyamiz xalqimizga manzur bo‘ladi. Chunki biz aksiya orqali, avvalo yangi filmlarimiz bilan birga, Retro filmlarimizni ham xalqimizga taqdim etamiz. Tomoshabinlarimiz bu filmlarni sog‘inishgan, albatta. Bular xorijiy kinofondlardan qaytarilgan o‘zbek filmlarining etalon nusxalaridir. Yana shunga aminmizki, Prezidentimizning bu tashabbusi bilan tomoshabinlarda o‘zbek filmlariga nisbatan qiziqish yana-da ortadi, – dedi Kinematografiya agentligi direktori.

 

O‘zbekiston Milliy media birlashmasi raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja hamda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanovlar ham mazkur aksiyani qo‘llab-quvvatlab, o‘z fikrlarini bildirdi. Anjuman so‘nggida, Kinematografiya agentligi direktori ushbu quvonchli kelishuv bilan barchani tabrikladi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Endi har shanba “Milliy kino kuni” bo‘ladi | Zamon.uz