O'zbekiston

Jizzaxda advokat pora bilan qo‘lga tushdi

U o‘z himoyasidagi fuqaroning “ishini bitirish” uchun 10 ming AQSH dollari talab qilgan.

Jizzaxda advokat pora bilan qo‘lga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan soliq, majburiy ijro byurosi xodimlari hamda advokatning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

 

Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasining soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi bosh inspektori Guliston shahrida faoliyat yurituvchi 3 ta masʼuliyati cheklangan jamiyatning soliq qarzlarini, ushbu MCHJlarni soddalashtirilgan tartibda bankrot deb topish yo‘li bilan bartaraf qilib berish evaziga 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi katta inspektori bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning 2023 va 2024 yillar uchun yer solig‘idan aniqlangan 11 mln. 200 ming so‘m miqdoridagi qarzdorligini bartaraf qilib berish evaziga 7 mln. so‘m, shuningdek, ushbu fermer xo‘jalik rahbarining tanishiga tegishli noturar joyning mol-mulk va yer soliqlaridan bo‘lgan 55 mln. 100 ming so‘m qarzdorligini ham to‘liq bartaraf qilib berish evaziga 28 mln. so‘m talab qiladi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan viloyat prokuraturasi hamda ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u talab qilingan jami 35 mln so‘m pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.

 

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi meva-sabzavot saqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi masʼuliyati cheklangan jamiyatga sovutish ombori qurish va unga zarur bo‘ladigan agregatlar sotib olish uchun 2023 yilning yanvar oyida aksiyadorlik tijorat bankidan 170 ming AQSH dollari miqdorida kredit ajratiladi.

 

Ammo, olingan kreditni to‘lash davrida 3 oylik qarzdorlik yuzaga kelib, uni undirish maqsadida bank tomonidan Majburiy ijro byurosining Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limiga murojaat qilinadi.

 

Shundan so‘ng, masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan kredit qarzdorligi to‘lansada, byuroning 2 nafar davlat ijrochisi MCHJ rahbarini aldab, go‘yoki tuman prokuraturasi tomonidan kredit mablag‘i maqsadsiz sarflanganligi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligini aytib, uni javobgarlikka tortilmasligiga yordam berish evaziga 2 ming AQSH dollari talab qilishadi.

 

Ammo, MIB Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limining davlat ijrochilari so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlandi.

 

Jizzax shahridagi advokatlar hayʼati advokati Jinoyat Kodeksining 165- va boshqa moddalari bilan ayblanib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan o‘z himoyasidagi sudlanuvchiga nisbatan, sud organlaridagi mansabdor tanishlari orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlatib berish evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari tomonidan ushlandi.

 

Hozirda mazkur shaxslaring barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Jizzaxda advokat pora bilan qo‘lga tushdi | Zamon.uz