Bayden o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganini aytdi
Bunga bir necha yil oldingi avariya sabab bo‘lgan.

AQSH prezidenti Jo Bayden birinchi xotini va qizi 1972 yilda avtohalokatda vafot etganidan keyin o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganini aytdi.
U bu haqda jurnalist Xovard Sternga bergan intervyusida gapirib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Baydenning birinchi rafiqasi Neiliya va uning qizi Naomi 1972 yil dekabr oyida avtohalokatda halok bo‘lgandi. Halokatdan so‘ng Baydenning ikki o‘g‘li — Xanter va Bo omon qolgandi.







