O'zbekiston

Bosh prokurorning "qidiruvdagi shaxslar bilan gaplashib turgani" haqidagi videoga izoh berildi

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev qidiruvda bo‘lgan Sherali va Abduvali Abdullayevlar bilan gaplashib turgani haqidagi videoyozuv internetga sizdirildi. Bosh prokuratura ushbu video yuzasidan izoh taqdim etdi.

Bosh prokurorning "qidiruvdagi shaxslar bilan gaplashib turgani" haqidagi videoga izoh berildi

2024 yilning 2-4 yanvar kunlari bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev mehnat taʼtili davrida salomatligini tiklash maqsadida o‘z hisobidan Turkiyaga borib, tibbiyot klinikasida davolanish muolajalaridan o‘tgan. Turkiyada unga avvaldan tanishi bo‘lgan Azim Jo‘raboyev hamrohlik qilgan. 

 

Bosh prokuror Azim Jo‘raboyev bilan klinikada gaplashib turgan vaqtida, ularning oldiga asli familiyasi Sobirjanov (xabarda Sherali Abdullayev deb ko‘rsatilgan) bo‘lgan Sherali ismli shaxs kelib, o‘zini tanishtirgan. Shu vaqtda ular klinikaga kelishi sabablari haqida suhbatlashgan. Sherali Sobirjanov klinikaga farzandini davolanishga olib kelganini aytib, bosh prokurorni tanib qolgani uchun ular bilan hamsuhbat bo‘lishga yoniga kelganini tushuntirgan. Videoda Bosh prokuror yonida turgan ikki shaxsning biri Sherali Sobirjanov bo‘lsa, ikkinchisi Abduvali Abdullayev emas, balki Azim Jo‘raboyev bo‘lgan, deyiladi mahkama izohida. 

 

Maʼlumot berilishicha, Abduvali Abdullayev tomonidan 2018 yil 10 may kuni Baxmal Juice Maste MCHJga bankdan 1,1 mln AQSH dollar kredit olinib, kredit qarzdorligining 633 ming AQSH dollari qasddan qoplanmaganligi oqibatida, garovdagi O‘zengilulgurjisavdo MCHJga tegishli mulk (maʼmuriy bino) bank tasarrufiga o‘tib ketgani bois, jamiyat manfaatiga katta miqdorda zarar yetkazilgan. 

 

O‘zengilulgurjisavdo MCHJ taʼsischilarining arizasiga asosan 2021 yil 25 yanvar kuni A.Abdullayevga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi doirasida ayblanuvchi A.Abdullayevga Jinoyat kodeksining bir nechta moddalari bilan ayb eʼlon qilinib, sudning ajrimi bilan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari ayblanuvchi qayerda ekani nomaʼlum bo‘lgani sababli vaqtincha to‘xtatilgan. 

 

Taʼkidlanishicha, jinoyat ishi doirasida Abduvali Abdullayevning o‘g‘li - Rahmatilla Abdullayev ham ayblanuvchi (Jinoyat kodeksining 168-, 233-, 184-moddalari bilan ayblov xulosasi tuzilgan) sifatida jalb qilingan. 2022 yil 13 iyundagi Yakkasaroy tuman sudining hukmiga ko‘ra, R.Abdullayev Jinoyat kodeksining 184-moddasi bilan aybli deb topilgan va unga jarima jazosi tayinlangan. Jinoyat kodeksining 168- va 233-moddalari bilan esa aybsiz deb topilib, reabilitatsiya qilingan.  

 

Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining 2022 yil 27 sentyabrdagi ajrimi bilan yuqoridagi sud hukmi o‘zgarishsiz, Yakkasaroy tuman prokurorining apellyatsiya protesti va shikoyatlar qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

 

Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining 2023 yil 28 fevraldagi ajrimi bilan apellyatsiya instansiyasining 2022 yil 27 sentyabrdagi ajrimi bekor qilinib, jinoyat ishi yangidan apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rib chiqish uchun yuborilgan (ish Toshkent shahar prokurorining protesti va fuqaroviy daʼvogarning shikoyati asosida ko‘rilgan). 

 

Toshkent viloyati sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining 2023 yil 26 iyundagi ajrimi bilan birinchi instansiya sudining hukmi bekor qilinib, R.Abdullayev Jinoyat kodeksning 168- va 184-moddalari bilan aybli deb topilib, 4 yil 6 oy ozodlikni cheklash va bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

 

Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining ajrimi bilan apellyatsiya instansiyasining 2023 yil 26 iyundagi hukmi bekor qilinib, jinoyat ishi yangidan apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rib chiqish uchun yuborilgan. Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasining 2024 yil 24 apreldagi ajrimiga ko‘ra, Yakkasaroy tuman sudining 2022 yil 13 iyunda dastlab chiqarilgan hukmi o‘zgarishsiz, Yakkasaroy tuman prokurorining R.Abdullayevni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 233-moddasi 1-qismi va 184-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topib, jazo tayinlash haqidagi prokuror protesti va jabrlanuvchilarning shikoyatlari rad qilingan.

 

Hozirda Bosh prokuratura tomonidan yuqoridagi appelyatsiya ajrimiga nisbatan taftish tartibida prokuror protesti keltirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. 

 

Sherali Sobirjanov esa, Orental Fresh Food MCHJ rahbari lavozimida ishlab kelib, bankka soxta kontraktlarni taqdim etgan holda haqiqiy bozor narxi 494 ming 438 AQSH dollarlik muzlatgich va 430 ming 182 AQSH dollarlik quritish jihozlari uchun jami 1 mln 597 ming 630 AQSH dollarini Xitoy davlatiga to‘lab berib, 673 ming 010 AQSH dollarini talon-toroj qilgan.

 

Unga nisbatan 2019 yil 20 iyul kuni Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalar bilan sirtdan ayblov eʼlon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanib, qidiruv eʼlon qilingan.

 

Jinoyat ishi Ichki ishlar vazirligi Tergov departamentining ish yurituvida bo‘lib, hozirda dastlabki tergov harakatlari vaqtincha to‘xtatilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bosh prokurorning "qidiruvdagi shaxslar bilan gaplashib turgani" haqidagi videoga izoh berildi | Zamon.uz