O'zbekiston

Toshkent aeroportida yangi yuk terminali quriladi

Bu yil taxminan 67 ming tonna yuk va pochta jo‘natmalari kutilmoqda.

Toshkent aeroportida yangi yuk terminali quriladi

“Toshkent” xalqaro aeroportida yiliga qariyb 120 ming tonna yuk o‘tkazish quvvatiga ega yangi majmua 5,2 gektar maydonda joylashtiriladi. Ayni paytda qurilishi ikki bosqichda amalga oshiriladigan yuk terminalini loyihalash ishlari yakunlandi.

 

Birinchi bosqichda joriy yil oxiriga qadar umumiy maydoni 8 ming kv.M bo‘lgan yangi yuk terminali, jumladan maʼlum bir harorat rejimini saqlashni talab qiladigan yuklar uchun 500 kv.M maydonda muzlatkich kameralari foydalanishga topshiriladi. Shuningdek, import/eksport qiluvchi kompaniyalar xodimlari va vakillari uchun maydoni 3000 kv.M bo‘lgan yangi maʼmuriy bino quriladi. Ikkinchi bosqichda 2025 yil oxiriga qadar 12 ming kv.M maydonga ega yangi yuk omborini qurish va foydalanishga topshirish, shu jumladan umumiy maydoni 1000 kv.m. bo‘lgan har xil harorat sharoitlariga ega yangi zamonaviy sovitish va muzlatish xonalarini qurish rejalashtirilgan.

 

“Hozirda 1994-2000 yillarda qurilgan yuk terminali umumiy maydoni 3 gektarga yaqin bo‘lgan 20 ga yaqin eskirgan kichik va o‘rta ombor va maʼmuriy binolardan iborat. Yuk terminalining o‘tkazish quvvati hozirda yiliga 30 ming tonnani tashkil etadi. Biroq 2024 yilda taxminan 67 ming tonna yuk va pochta jo‘natmalari kutilmoqda. Bularning barchasi yuk terminalini kengaytirish va modernizatsiya qilish zaruratidan dalolat beradi. Yangi terminal zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi, bu esa yuklarga ishlov berish vaqtini qisqartiradi va havo tashuvchilarga umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlarga muvofiq sifatli xizmat ko‘rsatishni taʼminlaydi”, — deya taʼkidladi "Uzbekistan Airports Cargo" MCHJ masʼul xodimi.

 

Yangi inshoot qurilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 apreldagi “Fuqarolik aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5100-son qarorining tegishli bandi ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent aeroportida yangi yuk terminali quriladi | Zamon.uz