Toshkentda 2 mlrd kredit olib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi
Hozirda ularga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Toshkentda 2 mlrd so‘m imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Yo.M. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) va boshqalar fuqaro N.I.ning ishonchiga kirib, 8 000 AQSH dollari evaziga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida bank muassasasidan uning nomiga 2 mlrd so‘m imtiyozli kredit olib berishini aytib, oldindan 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda







