Toshkentda 2 ta mashina avariyaga uchradi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Kecha, 26 aprel kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Holat soat 21:00 larda Yashnobod tumani Mahtumquli ko‘chasida sodir bo‘lgan. Unda 1966 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Lacetti va 2001 yilda tug‘ilgan S.E. boshqaruvida bo‘lgan Spark o‘zaro to‘qnashib ketgan.
YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







