Toshkentdagi maktab basseynida yurist vafot etdi
U Yakkasaroy tuman hokimligida ishlagan.

Toshkent shahri Yakkasaroy tumani hokimligi yuriskonsulti Nodir Akbarov maktab basseynida vafot etdi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, hokimlik xodimlari uchun 18 aprel kuni ziyofat tadbiri o‘tkazilgan. Unda spirtli ichimliklar ham isteʼmol qilingan bo‘lishi mumkin.
Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ham bu maʼlumotni tasdiqlab, 2024 yil 18 aprel kuni, soat 15:30 lar atrofida 1970 yilda tug‘ilgan erkak (Yakkasaroy tumani hokimligi huquqshunosi) tumanda joylashgan maktabdagi basseynda cho‘milganda ahvoli yomonlashib, vafot etganini maʼlum qilgan.
Marhumning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Hozirda holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.







