O'zbekiston

Yapon sozandalari va Tojikiston xalq artisti Jo‘rabek Murodov O‘zbekistonga keldi

Madaniyat sohasida xalqaro hamkorlik aloqalari yangi bosqichda rivojlanmoqda.

Yapon sozandalari va Tojikiston xalq artisti Jo‘rabek Murodov O‘zbekistonga keldi

Yaponiya poytaxti Tokio shahridan CSPC-JAPAN tashkilotining rahbari, Yapon madaniyati tadqiqotchisi Kyoko Iwamoto hamda mohir yapon sozandalari Akemi Tatemichi, Sonoe Funabashi, Haruka Tachibanalar Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati institutiga tashrif buyurdi. Nufuzli mehmonlar institut faoliyati va unda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, institutdagi Yunus Rajabiy muzeyida bo‘ldilar.

 

 

 

Tor doirada o‘tkazilgan uchrashuvda yapon san'ati ustalari bilan institut o‘rtasida xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi. Jumladan, joriy yilning 30-aprel kuni institut binosida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar uchun yapon milliy musiqa san'ati bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazishga kelishib olindi.

 

 

O‘zMMSIda "Nuri Xo‘jand" ansamblining konsert dasturi namoyish etildi

 

O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash maqsadida Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati Shashmaqom ijrochilarining "Nuri Xo‘jand" ansambli Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati institutida konsert dasturini namoyish etdi. Unda taniqli soha mutaxassislari, institut professor-o‘qituvchi, jo‘rnavozlari va albatta, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

 

 

Tojikiston xalq artisti Jo‘rabek Murodov rahbarligidagi "Nuri Xo‘jand" maqom ansambli o‘zbek va tojik mumtoz musiqasi durdonasi hisoblangan mahobatli Shashmaqom turkumidan Iroq maqomini to‘liq ijro etdi.

 

 

Konsert dasturi so‘ngida ikki tomon vakillari so‘zga chiqib, o‘zbek va tojik xalqlarining azaliy va umrboqiy do‘stligi, ular o‘rtasidagi umumiylik va ayniqsa, madaniy hamkorlikning yuksak darajada ekanligi alohida e'tirof etildi.

 

 

Tojikiston xalq artisti Jo‘rabek Murodov tomonidan institut jamoasiga san'atkor ijodiy namunalarining to‘liq audio yozuvlari hamda 170 dan ortiq qo‘shiq va ashula nota yozuvlari aks etgan nota to‘plamlari sovg‘a qilindi. O‘z o‘rnida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti jamoasi nomidan ham ustoz-san'atkorga hurmat belgisi sifatida o‘zbekona zarchopon taqdim etildi.

 

 

O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalari o‘rtasida hamkorlik aloqalari rivojlanishda bardavom

 

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati institutiga mashhur hofiz, Tojikiston xalq artisti Jo‘rabek Murodov va uning rahbarligi ostidagi Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati "Nuri Xo‘jand" ansambli tashrif buyurdi. Qardosh mehmonlar institut faoliyati va unda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, institutdagi Yunus Rajabiy muzeyida bo‘ldilar.

 

 

Tor doirada o‘tkazilgan uchrashuvda tojik san'ati ustalari bilan institut o‘rtasida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Yapon sozandalari va Tojikiston xalq artisti Jo‘rabek Murodov O‘zbekistonga keldi | Zamon.uz