Navoiyda maktab o‘quvchilari avariyaga uchradi
Oqibatda halok bo‘lganlar bor.

Navoiy viloyatida 9-sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi Matiz YTHga uchradi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, Navoiy shahri va Karmana tumanidagi maktablarning 3 nafar o‘quvchisi begona fuqaroning mashinasini olib, Nurota tumaniga sayohatga borgan. Ular ortga qaytishda YTHga uchragan.
Oqibatda ikki bola voqea joyida halok bo‘lgan, bir nafari esa shifoxonada og‘ir ahvolda qolmoqda.







