Navoiylik tadbirkor tergov izolyatorida vafot etdi
U bir necha kun oldin ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingandi.

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi tadbirkor Azamat Xoliqov vafot etdi.
Manbalarga ko‘ra, tadbirkor bundan bir necha kun avval tergovga jalb qilinib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan bo‘lgan. Azamat Xoliqov sog‘ligidagi jiddiy muammo sabab 26 aprel kuni erta tongda tergov izolyatorida vafot etgan.
Tadbirkorning qanday asoslar bo‘yicha tergovga jalb etilgani haqida aniq maʼlumot yo‘q.
Azamat Xoliqov 1968 yilda Qiziltepa tumanida tug‘ilgan.







