Salomatlik

Saraton hujayralari bilan kurashishning yangi usuli topildi

Bu bo‘yicha yaponiyalik olimlar tadqiqot olib bordi.

Saraton hujayralari bilan kurashishning yangi usuli topildi

Saraton hujayralari tananing immunitet tizimidan yashiringan holda o‘sadi va tarqaladi. Immunoterapiya immun tizimiga yashirin saraton hujayralarini topish va ularga hujum qilish imkonini beradi. Bu esa saraton bilan kasallangan bemorlarning uzoq umr ko‘rishiga yordam beradi. Biroq, ko‘plab bemorlarga ushbu inqilobiy muolajalar juda kam taʼsir qiladi yoki umuman foyda bermaydi.

 

immun nazorat nuqtasi ingibitorlari eng ko‘p ishlatiladigan immunoterapiya vositalaridan hisoblanadi. Ular saraton hujayralari immunitet tizimidan yashirinish uchun foydalanadigan oqsillarni tanib olish va bloklash orqali ishlaydi.

 

Biroq, bu oqsillarga ega bo‘lmagan saraton hujayralari turli yo‘llar bilan yashirinadi. Ushbu saraton turlari bilan og‘rigan bemorlarga immun nazorat nuqtasi ingibitorlari taʼsir qilmagani sababli, tadqiqotchilar boshqa yangi immunoterapiya usullarini ishlab chiqishga intilmoqda.

 

Yaponiyaning Osaka universiteti olimlari yangi tadqiqotda tetratsiklin antibiotiklari zamonaviy immunoterapiya usullaridan farqli ravishda immun tizimiga saraton hujayralarini aniqlashda yordam berishini aniqladi. Ushbu antibiotiklar T-limfotsitlar deb nomlanuvchi immunitet hujayralarini saratonga hujum qilish va uni yo‘q qilish uchun rag‘batlantiradi.

 

“Biz o‘pka saratoni bilan og‘rigan bemorlarning qon va o‘simta to‘qimalarida tetratsiklin antibiotik minotsiklinini sinab ko‘rdik, — deydi yetakchi muallif Mari Tone. — Biz minotsiklin saraton hujayralari tomonidan ishlab chiqarilgan immunosupressiv oqsil bo‘lgan galaktin-1ga taʼsir qilib, T-limfotsitlarning o‘simtaga qarshi faolligini oshirishini aniqladik”.

 

Olimlar galaktin-1 sitotoksik T-limfotsitlarning o‘simtaga kirishining oldini olish orqali saraton hujayralariga immunitet tizimidan qochishga yordam berishini aniqladi. Tetratsiklin bilan davolashdan so‘ng, galaktin-1 endi T-limfotsitlarni o‘simtaga hujumini to‘xtata olmadi. galaktin-1ni bloklash saratonni davolashning yangi usullari uchun kalit bo‘lishi mumkin.

 

“Ushbu antibiotiklar saraton kasalligini davolashda qo‘llaniladigan immun nazorat nuqtasi ingibitorlari va boshqa immunoterapiya preparatlaridan farqli taʼsir mexanizmiga ega. Umid qilamizki, ushbu tadqiqot turli immun yo‘llariga taʼsir qiluvchi va saraton kasalligiga chalingan odamlarga, ayniqsa zamonaviy immunoterapiya taʼsir qilmayotgan bemorlarga foyda keltirishi mumkin bo‘lgan yangi dorilarni ishlab chiqishga olib keladi”, — deydi tadqiqot muallifi Kota Ivaxori.

 

Tetratsiklin antibiotiklari ko‘p yillar davomida butun dunyoda yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarni davolash uchun ishlatiladi. Endi bu eski dorilar hozirda davolanish imkoniyatlari kam bo‘lgan saraton bilan og‘rigan bemorlar uchun yangi immunoterapiya usullari uchun yo‘l ochib berishi mumkin.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"