Turkiyada yana kuchli zilzila bo‘lishi bashorat qilinmoqda
Seysmolog bu bo‘yicha o‘z prognozlarini eʼlon qildi.

Turkiyaning yetakchi seysmologi Naji Gerur rasmiylarni Istanbuldagi vayronkor zilzilalar ehtimoli yuqoriligi haqida bir necha bor ogohlantirgan, metropolda 7,6 magnitudali silkinishlar bo‘lishini bashorat qilgan.
“Istanbulda 7,2, maksimal 7,6 magnitudali zilzila kutilmoqda. Biz bu zilzilalardan birini Adalar yorig‘ida, ikkinchisini esa ushbu Adalar yorig‘iga tutashgan Qumburgaz yorig‘ida kutamiz”, - degan seysmolog.
U mamlakat janubi-sharqidagi Qahramanmarashda halokatli zilzilalar bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirganida, tabiiy ofatga tayyorgarlik ko‘rilmaganidan shikoyat qilgan.
“Biz Qahramanmaroshdagi zilzila haqida oldindan ko‘p gapirdik, lekin hech kim quloq solmadi. Endi tarix takrorlanishidan qo‘rqamiz”, — dedi professor.
Shahar meriyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘lsa, kamida 90 mingta bino vayron bo‘ladi, 4,5 millionga yaqin fuqaro vaqtinchalik uy-joyga muhtoj bo‘lishi mumkin.







