O'zbekiston

BDKI Toshkent filiali Vasiylik kengashining anjumani bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda g‘olib deb topilgan 9 ta loyiha mualliflariga sertifikatlar topshirildi.

BDKI Toshkent filiali Vasiylik kengashining anjumani bo‘lib o‘tdi

Renessans kino uyida Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali Vasiylik kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov, agentlik direktori o‘rinbosari Alisher Xadjayev, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Raʼno Turdiboyeva, BDKI Toshkent filiali direktori va prorektorlari, taʼlimni muvofiqlashtirish bo‘limi vakillari qatnashdi.

 

Tadbirda filial faoliyati hamda 2024–2025 yilgi o‘quv yiliga mo‘ljallangan dastur ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, o‘quv yili bo‘yicha qabul rejasi tahlil qilinib, Kinematografiya agentligi tomonidan takliflar berildi.

 

 

Kengash davomida milliy kinematografiya darg‘alari Ali Hamroyev, Elyor Ishmuhammedov, Odelsho Agishev va Rustam Saʼdullayevlar so‘zga chiqib, yosh ijodkorlarga katta umid bildirib, kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyat tiladi.

 

Shuningdek, videokonferens-aloqa ko‘rinishidagi tadbirda BDKI rektori Vladimir Malishev so‘zga chiqib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr bildirdi, shuningdek, institut va talabalar faoliyatiga omad tiladi. Studentlar ham mamnuniyat bilan o‘zbek kinematografiyasiga sifatli filmlar taqdim etishlarini taʼkidlashdi.

 

 

Tadbir yakunida Badiiy kengash tomonidan o‘tkazilgan pitchingda g‘olib deb topilgan 9 ta loyiha mualliflari, BDKI talabalariga sertifikatlar topshirildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

BDKI Toshkent filiali Vasiylik kengashining anjumani bo‘lib o‘tdi | Zamon.uz