Qo‘qonda maktab o‘quvchisi mashinada odam urib yubordi
Hozirda holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida 11 sinf o‘quvchisi mashina boshqarib ayol kishini urib yubordi.
Maʼlum bo‘lishicha, joriy yilning 25 aprel kuni Qo‘qon shahar U.Nosir ko‘chasidagi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan piyoda B.M.ni 2006 yilda tug‘ilgan haydovchi Q.A. o‘z boshqaruvida bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinasida urib yuborgan.
Haydovchi Q.A. piyoda B.M.ga birinchi yordam ko‘rsatib, shifoxonaga olib borgan. Biroq shifoxonadagi ayolni ota-onasiga IIO xodimi ayolni olib ketishlarini talab qilgan.
Hozirda xabarda keltirilgan IIO xodimining xatti-harakatlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.







