Salomatlik

Yurak sog‘lom bo‘lishining 8 qoidasi

Bu bo‘yicha JSST tavsiyalari eʼlon qilindi.

Yurak sog‘lom bo‘lishining 8 qoidasi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, yurak-qon tomir kasalliklari sababli o‘lim va kasallanishning yetakchi xavf omillari — yuqori arterial qon bosimi, xolesterinning baland qiymati, tamaki chekish va alkogol isteʼmoli hisoblanadi.

 

Yurak-qon tomir tizimining eng ko‘p tarqalgan xavfli kasalliklari:

—arterial gipertenziya (qon bosimining yuqori bo‘lishi);

—yurak ishemik kasalligi;

—tomirlar aterosklerozi.

 

Yurak-qon tomir xastaliklarini nazorat qilishning mumkin va mumkin bo‘lmagan xavf omillari mavjud.

 

Boshqariladigan xavf omillari:

—ortiqcha tana vazni;

—past jismoniy faollik;

—alkogol isteʼmol qilish va tamaki chekish;

—noto‘g‘ri ovqatlanish;

—yuqori qon bosimi;

—qandli diabet;

—stress holatlari.

 

Nazorat qilib bo‘lmaydigan xavf omillari:

—yosh;

—nasliy moyillik;

—jins.

 

Sog‘lom yurakning 8 ta asosiy qoidasi:

—qon bosimi 140-90 mm. simob ustunidan past bo‘lishi;

—tamaki chekmaslik va alkogol isteʼmol qilmaslik;

—qonda umumiy xolesterin 5 mmol/l dan past bo‘lishi;

—3 kilometr piyoda yurish yoki o‘rta darajadagi 30 daqiqalik jismoniy faollik bilan shug‘ullanish;

—tuz miqdori kam bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini yeyish;

—har kuni 300-500 grammdan kam bo‘lmagan miqdorda meva va sabzavot isteʼmol qilish;

—semizlik va qandli diabetning 2-turidan saqlanish;

—stresslardan uzoq bo‘lish.

 

Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun har yili profilaktik tibbiy ko‘riklardan o‘tib turish lozim!

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.