Iqtisodiyot

Rossiya Jizzaxda atom elektr stansiyasini quradi

Loyiha qiymati 11 milliard dollar teng.

Rossiya Jizzaxda atom elektr stansiyasini quradi

“Rosatom”saytida eʼlon qilingan maʼlumotlarga ko‘ra, “Rosatom” va “O‘zatom” O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnomani yakunlamoqda.

 

AES loyihasi VVER-1200 tipidagi reaktorlar bilan jihozlangan ikkita energoblokni qurishni nazarda tutadi.

 

Ushbu turdagi reaktor “3+” avlodiga tegishli bo‘lib, xavfsizlik va samaradorlikning eng yuqori xalqaro standartlariga javob beradi.

 

“Rosatom” davlat korporatsiyasi O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha pudratchi sifatida tanlangan.

 

“Jizzax viloyatida joylashgan Tuzkon ko‘li hududini tanlash muhandislik tadqiqotlari natijalariga ko‘ra aniqlandi, bu uning ushbu turdagi obyektni joylashtirish uchun yaroqliligini tasdiqladi”, — deyiladi xabarda.

 

Birinchi energiya blokining ishga tushirilishi 2030 yilda, ikkinchi blokning ishga tushirilishi esa 2033 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Loyihaning dastlabki qiymati 11 milliard dollarga baholanmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida stansiya qurilishini nazarda tutuvchi hamkorlik shartnomasi 2017 yil dekabrida imzolangan. O‘shandan beri ushbu shartnomani yakunlash orqaga surilib kelinayotgan edi.

 

2017 yildan so‘ng O‘zbekistonda “O‘zatom” Atom energetikasini rivojlantirish agentligi ham tashkil etildi.

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Rossiya Jizzaxda atom elektr stansiyasini quradi | Zamon.uz