Jahon

Shotlandiyaning birinchi musulmon bosh vaziri Yusuf isteʼfoga chiqdi

Hamza Yusuf voris saylanmaguncha o‘z lavozimida qolishini taʼkidladi.

Shotlandiyaning birinchi musulmon bosh vaziri Yusuf isteʼfoga chiqdi

Shotlandiya mintaqaviy bosh vaziri va Shotlandiya milliy partiyasi (SNP) rahbari Hamza Yusuf isteʼfoga chiqdi. U bosh vazirlik lavozimi va partiya rahbariyatini tark etishini maʼlum qildi.

 

Yusuf SNP partiyasi va uning koalitsiya bo‘yicha sherigi Shotlandiya Yashillar partiyasi o‘rtasidagi hokimiyatni taqsimlash kelishuvi o‘tgan hafta yakunlanganini eslatdi. Shuningdek, hokimiyatni saqlab qolish uchun o‘z tamoyillaridan voz kechmasligini aytdi.

 

"Siyosatchilar o‘rtasidagi munosabatlarning tiklanishi faqat lavozimda boshqa shaxs bo‘lgan taqdirdagina mumkin, degan xulosaga keldim", — dedi Yusuf va voris saylanmaguncha o‘z lavozimida qolishini taʼkidladi.

 

Uning aytishicha, Shotlandiya mintaqaviy bosh vaziri lavozimida ishlash o‘zi uchun katta sharafdir. Siyosatchi Shotlandiyaning Buyuk Britaniyadan mustaqil bo‘lishi juda yaqin bo‘lgan bir paytda isteʼfoga chiqayotganini taʼkidladi.

 

Yusuf Buyuk Britaniya bosh vaziri hindu, London meri musulmon, mintaqaviy Uels bosh vaziri esa afrikalik ekanini eslatdi. Uning qayd etishicha, mamlakatda multikulturalizm barbod bo‘ldi, deganlarning tezislari bu holat bilan inkor etiladi.

 

2023 yil 27 martda Shotlandiyaning sobiq bosh vaziri va SNP rahbari Nikola Styorjen isteʼfoga chiqishi ortidan boshlangan yetakchilik poygasida g‘olib chiqqan Yusuf ikki kundan so‘ng qasamyod qildi va 29 mart kuni rasman o‘z lavozimiga kirishib, Shotlandiyaning birinchi musulmon bosh vaziri bo‘lgan edi.

 

Hamza Yusufning otasi asli pokistonlik, 1960-yillarda Shotlandiyaga ko‘chib kelgan, onasi esa Keniyada, janubiy osiyoliklar oilasida tug‘ilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Shotlandiyaning birinchi musulmon bosh vaziri Yusuf isteʼfoga chiqdi | Zamon.uz