O'zbekiston

Toshkentda talabalar taksi haydovchisini o‘ldirmoqchi bo‘ldi

Ular farg‘onalik yigitlar bo‘lgan.

Toshkentda talabalar taksi haydovchisini o‘ldirmoqchi bo‘ldi

Voqea 27 aprel kuni kechasi sodir bo‘lgan. 20 yoshli M.Z. va 18 yoshli M.D. o‘zganing mulkini egallash maqsadida qasddan odam o‘ldirishni reja qilgan. Ular Chilonzor tumanida joylashgan “Olmazor” metro bekati yonida taksi buyurtma qilgan. Chaqiruviga asosan A.Ch. boshqaruvida bo‘lgan Gentra yetib kelgan.

 

Ular taksiga o‘tirib, Yangiyo‘l tumani hududiga borgan. So‘ngra avtomashinani to‘xtatib, atrofda hech kim yo‘qligidan foydalanib, oldindan tuzilgan rejani amalga oshirishni boshlashgan. Orqa o‘rindiqda o‘tirgan M.D. yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan haydovchining bo‘yin o‘ng orqa sohasiga bir marotaba urib, bo‘ynini qo‘llari bilan bo‘g‘ishga uringan. Haydovchi unga qarshilik qila boshlagach, o‘rindiqda o‘tirgan M.Z. jabrlanuvchining qo‘llarini ushlab turganida tuman IIBning to‘rt nafar tungi navbatchilik guruhi aʼzolari kelib qolgan.

 

Xodimlar zudlik bilan ularni qo‘lga olgani sababli yigitlar boshlangan jinoyatni oxiriga yetkaza olmagan. Hodisa joyidan bir dona oshxona pichog‘i va qonga o‘xshash dog‘lar ashyoviy dalil sifatida protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan.

 

Holat yuzasidan M.Z. va M.D ga Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi (odam o‘ldirish) 2-qismi “i”, «p» bandlari va 164-moddasi (bosqinchilik) 3-qismi «B» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblov eʼlon qilingan hamda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Ikkala yigit ham Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan va ayni paytda Toshkentdagi oliygohda birinchi bosqich talabasi bo‘lgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda talabalar taksi haydovchisini o‘ldirmoqchi bo‘ldi | Zamon.uz