O'zbekiston

Yana bir o‘zbek kinosi “Eng yaxshi film” deb topildi

U Qirg‘izistonda o‘tgan festivalida ushbu nominatsiyaga loyiq ko‘rildi.

Yana bir o‘zbek kinosi “Eng yaxshi film” deb topildi

23-26–aprel kunlari Qirg‘izistonda o‘tgan XII Xalqaro qisqa metrajli filmlar festivalida yosh rejissyorlar Adhamjon Abdurahmonov va Sherzod Nazarov tomonidan ishlangan “Shamol odamlari” qisqa metrajli filmi tanlovning “Eng yaxshi film” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

 

 

Bugun Renessans kino uyida Kinematografiya agentligi rahbariyati film ijodkorlarini tabriklab, ularning har biriga pul mukofoti berilishini taʼkidladi. Agentlik jamoasi yosh rejissyorlarni erishgan g‘alabasi bilan tabriklab, kelgusidagi faoliyatida omad tiladi.

 

 

 

— Yurtimizda so‘nggi yillarda yosh kinoijodkorlarga bo‘lgan eʼtibor har qachongidanda ortgan. Muhtaram Prezidentimizning ularga berayotgan imkoniyatlari ham mana o‘zini oqlay boshladi. Biz bugun mazkur film ijodkorlarini tabriklagan holda, kelgusi ishlarida ham zafarlar tilaymiz. O‘ylaymizki, yoshlarimiz tomonidan xalqaro darajadagi filmlar hali ko‘p yaratiladi, — dedi Firdavs Abduxoliqov.

 

Maʼlumot uchun, Adhamjon Abdurahmonov O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti, Sherzod Nazarov esa Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali talabasi.

 

Filmda Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashqari, O‘zbekistonning barcha 11 ta viloyatini velosipedda kezgan Fayzullo, Mardon va Hamroqul ismli keksa do‘stlarning sayohati tasvirlangan. Pandemiya sabab ularning bu 2 manzilga borish orzusi amalga oshmay qoladi. Oradan ikki yil o‘tib, 73, 79, 83 yoshdagi uch do‘st yana safarga chiqish imkoniga ega bo‘lishadi. Kinokartinada maqsad sari ortga qaytmaslik ilgari suriladi.

 

 

“Shamol odamlari” filmining ssenariy muallifi va rejissyorlari Sherzod Nazarov va Adhamjon Abdurahmon, operator Javohir Turg‘unov, prodyuser Furqat Usmonov, maslahatchi Yusuf Roziqov.

Toshkentda havo sifati: 2-noyabr kuni ertalab yaxshilanishi kutilmoqda

Toshkentda havo sifati: 2-noyabr kuni ertalab yaxshilanishi kutilmoqda

2-noyabrga o‘tar kechasi havo sifati AQI bo‘yicha «nosog‘lom», milliy indeks bo‘yicha esa «zarg‘aldoq» darajaga yetishi mumkin.

Toshkentda qiz o‘zini kanalga tashladi: inspektorlar uni qutqarib qoldi

Toshkentda qiz o‘zini kanalga tashladi: inspektorlar uni qutqarib qoldi

U shifoxonaga yetkazilgani, hozirda ahvoli barqarorligi bildirildi.

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Kechki qatnovlar oralig‘i 15–20 daqiqadan oshmasligi belgilangan.

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Toshkent metropoliteni 20-noyabrgacha 5 vagonli harakat tarkiblari yo‘lga qo‘yilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat-Gambit” turnirida qatnashchilar soni o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar oshib, qariyb 6 ming nafarga yetdi.

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

Namanganda 2 nafar elektr xodimi dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan.

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonlik tadbirkorlar bu o‘zgarish ichki bozordagi mahsulotlar narxiga ta’sir qilishi mumkinligini bildirmoqda.

Yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima tartibi o‘zgardi: qaysi joylarda bayonnoma rasmiylashtirilmaydi?

Yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima tartibi o‘zgardi: qaysi joylarda bayonnoma rasmiylashtirilmaydi?

Shuningdek, xavfsizlik kamarini taqmaslik holatlari maxsus avtomatlashtirilgan qurilmalar orqali ham aniqlanishi mumkin.