Daniyada endi ayollar ham harbiy xizmatga boradi
Mamlakatda har yili 7500 nafarga yaqin kishini muddatli harbiy xizmatga chaqirish rejalashtirilgan.

Daniya 2027 yildan boshlab ayollar uchun majburiy harbiy xizmatni joriy qiladi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakatda ayollar hali ham harbiy xizmatni o‘tash huquqiga ega, ammo bu ixtiyoriy. Kelajakda ayollar erkaklar bilan teng ravishda harbiy tayyorgarlikdan o‘tadi.
Muddatli harbiy xizmat 11 oygacha davom etadi, bu 5 oylik asosiy tayyorgarlik va yana 6 oylik tezkor xizmatga bo‘linadi. Hozirda Daniyada muddatli harbiy xizmat atigi 4 oydan iborat. Har yili 7500 nafarga yaqin kishini muddatli harbiy xizmatga chaqirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Daniyada muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan serjantlar va leytenantlar lavozimlari tiklanadi. Ular harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni tayyorlashga yordam berish uchun ikki yil xizmat qilishi kerak.







