O'zbekiston

Ekologiya inspektorlari brakonyerlar hujumiga uchradi

Ular xodimlarni suvga cho‘ktirmoqchi bo‘lgan.

Ekologiya inspektorlari brakonyerlar hujumiga uchradi

29 aprel kuni Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Sirdaryo suv havzasi shoʻbasi inspektorlari Sirdaryo daryosining o‘ng qirg‘og‘ida nazorat tadbirlari o‘tkazayotganda brakonyerlar hujumiga uchradi.

 

Sirdaryo daryosining Oqqo‘rg‘on tumanidan oqib o‘tuvchi hududida inspektorlar nomaʼlum fuqarolar tomonidan taqiqlangan qurollar, yaʼni leskali to‘r, motorli qayiq yordamida baliq ovlanayotgani holatiga duch kelishadi. Sirdaryo suv havzasi sho‘basi boshlig‘i D. Zohidov va bosh davlat inspektori T. Bo‘riyev huquqbuzarlik holatiga chek qo‘yish maqsadida noqonuniy baliq ovlayotgan fuqarolarni yoniga qayiq bilan boradi. Ammo shu paytda huquqbuzarlar inspektorlarga hujum qilib, ularni suvga itarib yuborishadi.

 

Shuningdek, brakonyerlar inspektorlarni suvga cho‘ktirish maqsadida rezina qayiqni yorishadi. Bunday holatda qanday yo‘l tutishni bilgan inspektorlar esa daryoni qirg‘og‘iga suzib chiqishadi. Buni ko‘rgan huquqbuzarlar inspektorlarni haqoratlab, ov qurollarini olib, qochib ketishadi.

 

Mazkur holat bo‘yicha huquqbuzarlarning shaxsiga aniqlik kiritish hamda holatga huquqiy baho berish maqsadida tegishli hujjatlar Toshkent viloyati prokuraturasi va viloyat IIBga yuborildi.

custom img

Surxondaryoda yer oldi-sotdisi ortidan mojaro: 32 yoshli erkakni kaltaklab o‘ldirgan besh kishi qamaldi

Ularga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Namangan bog‘chasidagi jinsiy zo‘ravonlik: jinoyat ishi prokuraturaga o‘tkazildi

Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

custom img

Bog‘chadagi jinsiy zo‘ravonlik holati: Bolalar ombudsmani vazirlikka taqdimnoma kiritdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan bog‘chalarda bolalar xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish talab qilindi.

custom img

Samimiy murojaat: Muhammedaliga Prezident maktub va sovg‘a

Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida Muhammedali ismli bolaning Prezidentga samimiy murojaati va Vatanga bo‘lgan mehri aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi.

custom img

Farg‘onada MIB orqali fermerdan 99 mln undirildi

Maʼlum bo‘lishicha, fermer xo‘jaligining 25 ta ijro hujjati bo‘yicha soliq qarzi mavjud bo‘lgan.

custom img

Qoraqalpog‘istondagi reydda 523 ta avtomashina jarima maydoniga joylashtirildi

Maʼlum bo‘lishicha, ularning 2,6 mlrd so‘mlik jarimalari mavjud.

custom img

Jizzaxda kredit qarzi sabab noturar bino xatlandi

Endilikda keyingi ijro harakatlari qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

custom img

56 ta yangi vagon: Toshkent metrosida vagonlarning qariyb 70 foizi yangilandi

Yangi avlod zamonaviy harakat tarkiblari metropolitenning 4 ta yo‘nalishida harakatlanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"