Endi Turkiyani suv bosmoqda
Kuchli yog‘ingarchilik sabab yo‘llar daryoga aylangan.

Mamlakat oytaxtida yoqqan kuchli yomg‘ir sabab Anqara ko‘chalarini suv bosdi. Buning oqibatida shahar transport tizimi va aeroport ishida uzilishlar kuzatilgan.
“Yo‘llar daryoga aylangan, bir necha kilometr uzunlikdagi tirbandliklar yuzaga kelgan. Ayrim metro bekatlarini yomg‘ir suvi bosgan”, deya yozdi mahalliy nashrlar.
Poytaxtning ayrim nuqtalarida ehtiyot chorasi sifatida elektr taʼminoti uzilgan. Anqara gubernatorining maʼlum qilishicha, suv toshqini bilan bog‘liq 1330 ta murojaat kelib tushgan, ularning 930 tasiga javob berilgan.
Tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lgan yoki jarohatlanganlar haqida hozircha maʼlumot yo‘q.







