“Asakabank” xususiylashtiriladi
Bu bo‘yicha forumda bitim imzolangan.

“Asakabank” xususiylashtiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda o‘tayotgan investitsiya forumida maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, forum doirasida O‘zbekistondagi yirik banklardan bo‘lgan “Asakabank”ni xususiylashtirish bo‘yicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan bitim imzolangan.







