O'zbekiston

“Biznesni rivojlantirish banki” mahallalarda kutubxonalar ochmoqda

Mazkur tashabbus "Ilmdan boshqa najot yo‘q, bo‘lmagay ham" shiori ostida amalga oshirildi.

“Biznesni rivojlantirish banki” mahallalarda kutubxonalar ochmoqda

Endilikda poytaxtning Yakkasaroy tumanidagi “Muqimiy”, Mirobod tumanidagi “Tolariq”, Sergeli tumanidagi Asrobod mahallalarida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan tashkil etilgan mahalla kutubxonalari bor.

 

Mazkur xayrli tashabbus bank tomonidan Toshkent shahri mahallalarida olib borilayotgan o‘rganishlar va mahallabay ishlash chora-tadbirlarining mantiqiy davomidir.

 

Kutubxonalarning ochilish marosimida ishtirok etgan mahallalar faollari "Biznesni rivojlantirish banki"ning bu amaliy harakati mamlakatimizda kitobxonlikni ommalashtirish borasida olib borilayotgan saʼy-harakatlarga hamohang ekanligini taʼkidlashdi. Alohida dizayn asosida jihozlangan kutubxonalarning har birida 500dan kitob, 5 donadan zamonaviy kompyuter jamlanmalari mavjud. Ulardagi elektron adabiyotlar bazasi 6629 tani tashkil etadi. Kutubxonalar uchun adabiyotlarni saralashda aholining turli yoshdagi vakillari qiziqishlari hisobga olingan. Xususan, o‘z biznesini tashkil etish istagida yurganlar uchun biznesni o‘rgatishga doir adabiyotlar ham taqdim qilindi.

 

Mahallalarda ochilgan kutubxonalar, ayniqsa, o‘quvchi yoshlarni quvontirdir. Ular endi uylaridan uzoq bo‘lmagan manzilda kitoblar va elektron adabiyotlardan bepul foydalanishlari mumkin. Quvonarlisi, "Biznesni rivojlantirish banki"ning tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi ham mahalla kutubxonalariga kitoblar taqdim etishdi.

custom img

Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi taklif etildi — Shahnoza Mirziyoyeva

Bu haqdagi qonunchilikka o‘zgartirishlar mas’ul idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilib, ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston shaxmatchilarini Jahon shaxmat olimpiadasidagi g‘alaba bilan tabrikladi

Davlat rahbari shaxmatchilarning Hindiston, Xitoy va AQSh terma jamoalariga qarshi g‘alabalarini alohida qayd etdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan turizm xodimi” faxriy unvonini ta’sis etishni taklif qildi.

custom img

5 yoshli qizaloqning oilasi boshqa shaharga ko‘chiriladi — Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari oilaga zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatilayotganini bildirdi.

custom img

“Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi” — Saida Mirziyoyeva Namanganda 5 yoshli qizcha zo‘rlangani haqida

Bunday jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotgani bildirildi.

custom img

Surxondaryoda yer oldi-sotdisi ortidan mojaro: 32 yoshli erkakni kaltaklab o‘ldirgan besh kishi qamaldi

Ularga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Namangan bog‘chasidagi jinsiy zo‘ravonlik: jinoyat ishi prokuraturaga o‘tkazildi

Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

custom img

Bog‘chadagi jinsiy zo‘ravonlik holati: Bolalar ombudsmani vazirlikka taqdimnoma kiritdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan bog‘chalarda bolalar xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish talab qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"