Jahon

Qirg‘izistonda yuk mashinasi 29 nafar bolani bosib ketdi

Holat ommaviy tadbir vaqtida yuz bergan.

Qirg‘izistonda yuk mashinasi 29 nafar bolani bosib ketdi

Jalolobod viloyati Suzoq tumanida o‘tkazilayotgan Manas eposiga bag‘ishlangan tadbirda muzqaymoq ortilgan Porter rusumli kichik yuk mashinasi 29 nafar maktab o‘quvchisini bosib ketgan.

 

Oqibatda 18 nafar bola kasalxonaga yotqizildi, ulardan 7 nafari reanimatsiyada, 3 nafari og‘ir ahvolda, 11 nafarining ahvoli yaxshi.

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, haydovchi mashina “qo‘l tormozi”ini tortib qo‘ymagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"