O'zbekiston

Mirziyoyev energetika, oziq-ovqat sohalari va ekologik inqirozlar haqida gapirdi

Ko‘ksaroyda Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisi boshlandi.

Mirziyoyev energetika, oziq-ovqat sohalari va ekologik inqirozlar haqida gapirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda jahonning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari bo‘lgan yaqin hamkorlarimiz va yangi sheriklarimiz ishtirok etayotganidan mamnunligini bildirdi.

 

Kengash o‘tgan davrda o‘zining samarali faoliyatini yaqqol namoyon etgani taʼkidlandi. Kengash aʼzolarining ko‘magi va alohida eʼtibori natijasida islohotlarimizga katta yordam beradigan ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

 

Ular ilgari surayotgan g‘oya va tashabbuslar hayotimizning barcha jabhalarida faol tatbiq etayotganini taʼkidlab, Prezidentimiz investorlarga Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun chuqur minnatdorlik izhor etdi.

 

Prezidentimiz bugungi kunda jahon iqtisodiyotida beqarorlik tobora kuchayib, energetika, oziq-ovqat sohalari va ekologik tizimda inqirozlar o‘tkir tus olayotganiga eʼtibor qaratdi. Bunday murakkab sharoitda bamaslahat, o‘zaro kengashib, aniq amaliy qadamlar tashlansa, ko‘zlangan yuksak marralarga albatta erishilishi taʼkidlandi.

 

Davlatimiz rahbari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso xonimning kengash faoliyatidagi alohida o‘rnini qayd etdi.

 

Ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan Investitsiyalar va Maxsus erkin zonalar to‘g‘risidagi qonun loyihalari mamlakatimizda qulay investitsiya va biznes muhitini takomillashtirishda ulkan qadam bo‘ladi.

 

Bundan tashqari, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti jamoasi tomonidan boshlanayotgan investitsiya siyosati tahlili mamlakatimizdagi investitsiya muhitini yana-da yaxshilash borasida asosiy yo‘nalishlarni belgilab olishga va samarali mexanizmlarni yaratishga xizmat qiladi.

 

“Hukumat hamda investorlar o‘rtasida ochiq va samarali muloqotning yo‘lga qo‘yilgani barqaror iqtisodiy taraqqiyotning asosiy kalitidir.

 

Shu sababli bugungi zamon bilan hamnafas qadam tashlab, o‘z oldimizga aniq rejalarni qo‘yishga va saʼy-harakatlarimizni yana-da uyg‘unlashtirishga chaqiraman”, — dedi Prezident.

 

Davlatimiz rahbari kengash doirasida to‘rtta yo‘nalishda ishchi guruhlarni tashkil etish va ularni to‘liq amalga oshirishda faol ishtirok etishga taklif etdi.

custom img

1 ming gektar va 7 mlrd dollar: Andijonda kamida 70 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratiladi

Andijonda joriy yil uchun rejalashtirilgan 3,5 mlrd dollarlik investitsiyalar tarkibi yetarlicha diversifikatsiya qilinmagani qayd etildi.

custom img

“O‘sishdagi raqamlar emas, oilalar hayotidagi o‘zgarish muhim” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident raisligidagi yig‘ilishda Andijon viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.

custom img

“60 mlrd so‘mlik tender” vaʼdasi: tadbirkordan 20 ming dollar olayotganlar ushlandi

Zangiotada uch kishi tadbirkorga IIVga qarashli 4 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 60 mlrd so‘mlik qurilish va rekonstruksiya ishlarini olib berishni vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Ishga yuborish va “Umra” va’dasi: ikki hududda firibgarlik holatlari aniqlandi

Namanganda ikki fuqaroni Xorvatiyaga ishga yuborish, Farg‘onada esa ikki kishini “Umra” ziyoratiga yuborish evaziga pul talab qilgan shaxslar ushlandi.

custom img

Prezident Andijon shahridagi Boburshoh ko‘chasining ikki qismini bog‘lovchi yangi yo‘lo‘tkazgich bilan tanishdi

Yo‘lo‘tkazgichning umumiy uzunligi 796 metr, kengligi 25,9 metrni tashkil etadi.

custom img

Prezident “Agroklaster Oltinko‘l” korxonasida paxta yetishtirish jarayonini ko‘zdan kechirdi

Shinjon usulida paxta yetishtirish orqali bir gektardan 60–70 sentnergacha hosil olish, suvni 40 foizgacha, o‘g‘itni esa qariyb 30 foizga tejash imkoniyati yaratilmoqda.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi «LB Sport» korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Korxonada 18 ta sport turi bo‘yicha 65 xil mahsulot ishlab chiqarilib, yiliga 500 ming dona sport anjomi tayyorlanadi.

custom img

Istanbulda o‘zbekistonlik ayol vafot etdi: u doridan zaharlangan

Marhumaning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"