O'zbekiston

O‘zbekistonda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi

Bu bo‘yicha Xitoy bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

O‘zbekistonda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi

2-may kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va “China CAMC Engineering” kompaniyasi raisi Van bo o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli maʼmuriy islohotlar, shuningdek, chiqindilarni boshqarish tizimi borasida vazirlik zimmasiga yuklangan ustuvor vazifalar haqida maʼlumot berildi.

 

Shu bilan birga, mamlakatda qulay investitsiya muhitini yaratish va investitsiya jozibadorligini oshirish borasidagi izchil chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi taʼkidlandi.

 

O‘z navbatida, Xitoy tomoni chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va atrof-muhitni muhofaza qilish sanoatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar potensial hamkorlar va investorlar uchun aniq belgilab berilganini qayd etdi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasining “China CAMC Engineering Co., Ltd” kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida chiqindilarni yoqish elektr stansiyasi loyihasi bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

Uchrashuv yakunida O‘zbekistondagi chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni o‘rganish va tashkil etish hamda respublika rahbariyatiga taqdim etish uchun zavodning dastlabki loyihasini ishlab chiqish maqsadida Xitoydan ekspert guruhini yuborish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

 

Bundan tashqari, ekoturizm sohasida hamkorlik qilish va Samarqand viloyatining tog‘li hududlarida yangi kanat yo‘lini qurish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuvdan so‘ng mehmonlarni havo sifati monitoringi va ekologik qoidabuzarliklarga javob berishning onlayn tizimi hamda chiqindilarni yig‘ish va tashish uskunalarini kuzatish tizimi bilan tanishtirish maqsadida vazirlikning Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziga tashrif uyushtirildi.

 

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga kelishib oldilar.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi | Zamon.uz