Toshkentda 1 yoshli bolani daraxt bosib qoldi
Holat yuzasidan BP maʼlumot berdi.

Bugun, 3-may kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida daraxt ag‘darilishi natijasida 1 yoshli bola vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Aniqlanishicha, M.E. tomonidan bolalar aravachasida (kolyaska) voqea joyidan olib ketilayotgan 2023 yilda tug‘ilgan P.A. daraxt bosib qolishi natijasida hodisa joyida vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.







