Olmaliqdagi xonadonda “mayning ferma” aniqlandi
Maʼlum bo‘lishicha, 103 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgan.

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida “Mayning ferma” tashkil etgan xonadon aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.B. o‘z uyida tijorat maqsadida kompyuter tizimi orqali telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda 3 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 103,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







