Toshkentda bugun otlar paradi o‘tkaziladi
U 17:00 da boshlanadi.

Bugun, 4 may kuni poytaxtdagi Amir Temur xiyobonida “9-may Xotira va qadrlash” kuniga bag‘ishlangan otlar paradi o‘tkaziladi.
“Jasorat — millat g‘ururi va iftixori” shiori ostida o‘tkaziladigan paradda Milliy gvardiya va ichki ishlar organlarining otliq kavaleriya bo‘linmalari ishtirok etadi.
Gvardiya xabariga ko‘ra, poytaxt aholisi va mehmonlari ushbu paradni tomosha qilish uchun soat 17:00 da belgilangan manzilga borishi mumkin.







