Andijonda poyezd 8 yoshli qizni urib yubordi
Uning ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, holat 28-aprel kuni soat taxminan 16:30 larda Andijon tumanining Do‘ngqishloq mahallasi hududidan o‘tuvchi Xonobod—Andijon yo‘lovchi tashuvchi poyezd yo‘lida sodir bo‘lgan. Poyezd harakatlanayotgan vaqtda nazoratsiz qoldirilgan 2016 yilda tug‘ilgan qizaloqni urib yuborgan.
Qizaloq boshidan jarohat olib, hushsiz holatda zudlik bilan shifoxonaga olib kelingan. Unga jarrohlik amaliyoti ko‘rsatilib, davo muolajalari olib borilgan. Hozirda ahvoli o‘ta og‘ir ekani aytilmoqda.







